Barcha yangiliklar RSS

Markaz yangiliklari

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o’tkazilgan "Akademik harakatchanlik" dasturining 2026 yil 2-mavsum g’oliblari e’lon qilindi.

O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2026-yil 4-iyunda e’lon qilingan “Akademik harakatchalik” dasturi doirasida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy natijalarga ko‘ra, Respublika  bo’yicha 65 nafar nomzodning loyihalari g‘olib deb topildi.

Mazkur tanlovda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi (Markaz) ning “Yerlarning meliorativ holatini baholash, samaradorligini oshirish texnika va texnologiyalar laboratoriyasi” mudiri Sharipov Umrbek Abdullayevichning “Tabiiy va innovatsion mineral oʻgʻit poligalitning sho’rlangan tuproqlarda tuproq sho’rlanishini kamaytirish va uni oldini olish bo’yicha ta’sirini aniqlash” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi g’olib deb topildi. 

Ilmiy-tadqiqot loyihasi qabul qiluvchi tashkilot Termez davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Kimyoviy muhandisligi” kafedrasining laboratoriya va moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar “Akademik harakatchanlik” dasturi tomonidan to‘liq qoplab beriladi. 

 


 

 


25-09-2026, 10:05
Ko'rishlar: 217
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”