Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi IT mutaxassisi Elmurod Sobirov tomonidan «ISMITI-XMM Monitoring tizimi» dasturiy ta’minoti tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. «ISMITI-XMM Monitoring tizimi» — suv xo‘jaligida foydalanilayotgan “Aqlli suv” qurilmalarini, ular orqali amalga oshirilayotgan suv sarfi hisobini hamda qurilmalarning texnik va ishchi parametrlarini markazlashgan holda monitoring qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot. Mazkur dasturiy ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № DGU 68578-sonli “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma” asosida rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Tizimning asosiy vazifasi «ISMITI-XMM Monitoring tizimi»ning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, jumladan, fermer xo‘jaliklariga o‘rnatilgan “Aqlli suv” qurilmalaridan kelib tushadigan ma’lumotlarni yagona axborot tizimida jamlash, nazorat qilish, tahlil qilish va monitoring qilishdan iborat. Tizim yordamida har bir o‘rnatilgan qurilmaning holati va undan olinayotgan suv sarfi haqidagi ma’lumotlarni masofadan kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Tizim orqali monitoring qilinadigan ma’lumotlarSuv sarfi va suvdan foydalanish
- real vaqt rejimida suv sarfini kuzatish;
- kunlik, oylik va boshqa davrlar bo‘yicha suv sarfini hisobga olish;
- suv olish va foydalanish hajmlarini tahlil qilish;
- belgilangan suv limitlari bilan amaldagi suv sarfini taqqoslash;
- limitdan ortiq yoki kam foydalanish holatlarini aniqlash;
- suv sarfi bo‘yicha tarixiy ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish.
“Aqlli suv” qurilmalarining texnik monitoringi
Tizim nafaqat suv sarfini, balki har bir “Aqlli suv” qurilmasining texnik holati va parametrlarini monitoring qilish imkonini beradi.
Jumladan:
- qurilmaning ishlash holati;
- o‘lchash parametrlarining holati;
- aloqa/modem holati;
- elektr ta’minoti va quvvat manbai holati;
- ma’lumot uzatish holati;
- qurilmaning belgilangan texnik parametrlar va me’yorlarga muvofiqligi;
- qurilma bo‘yicha o‘rnatilgan standart va limit qiymatlari;
- nosozlik yoki ma’lumot uzilishlari to‘g‘risidagi axborotlar.
Platformada o‘rnatilgan “Aqlli suv” qurilmalarini yagona tizim orqali boshqarish va kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Mas’ul mutaxassislar:
- qurilmalar ro‘yxatini ko‘rish;
- har bir qurilmaning joriy holatini tekshirish;
- fermer xo‘jaligi yoki suv iste’molchisi kesimida ma’lumotlarni ko‘rish;
- suv sarfi ko‘rsatkichlarini taqqoslash;
- qurilmalar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni olish;
- belgilangan limit va parametrlarning bajarilishini nazorat qilish;
- muammoli yoki ma’lumot uzatayotmagan qurilmalarni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«ISMITI-XMM Monitoring tizimi»da to‘plangan ma’lumotlar asosida suv sarfi va qurilmalar faoliyatini tahlil qilish imkoniyati mavjud.
Tizim orqali suv iste’molchilari, hududlar va qurilmalar kesimida:
- suv sarfi;
- belgilangan limit;
- amaldagi foydalanish hajmi;
- qurilmaning ishlash holati;
- texnik parametrlar;
- ma’lumot uzatish holati
Suv resurslarini samarali boshqarishga xizmat qiladi
«ISMITI-XMM Monitoring tizimi» suv iste’molchilariga yetkazib berilayotgan suv hajmini raqamli nazorat qilish, “Aqlli suv” qurilmalaridan olinayotgan ma’lumotlarni markazlashtirish va suvdan foydalanish jarayonining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. Tizimning joriy etilishi natijasida suv sarfini real vaqt rejimida kuzatish, belgilangan limitlar bilan taqqoslash, qurilmalarning texnik holatini nazorat qilish va aniqlangan holatlar asosida tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari kengayadi. Bu kabi raqamli monitoring yechimlari suv resurslaridan samarali foydalanish va suv yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur guvohnoma «ISMITI-XMM Monitoring tizimi» dasturiy ta’minotining O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy ta’minot mahsulotlar davlat reyestrida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlaydi.