Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar

Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar

“Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar”
 laboratoriyasi haqida

 

 

Laboratoriya mudiri

PhD, katta ilmiy xodim, Durdiyev Haydar Matqurbonovich

 

“Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yildagi 482-son qarori bilan tashkil etilgan.

Dastlab  Markazda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
 2020 yildagi 744-son qaroriga asosan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi
Irrigatsiya tizimi va o‘zan jarayonlari hamda “Sug‘orish va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyalari faoliyat olib borgan. Ushbu laborotoriyalarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori I.Qalandarov mudiri lavozimida, H.Sadullayev kichik ilmiy xodim lavozimlarida ishlaganlar. Shu davr mobaynida ushbu laborotoriyalarda BVO Amudaryo huzuridagi Quyi Amudaryo respublikalararo irrigatsiya kanallari boshqarmasi (UPRADIK) bilan hamkorlik qilish natijasida “Toshsaqa kanalining ekspluatatsiya jarayonidagi FIK ni aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish asosida uning ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish” hamda “Shovot qanalining Urganch shahrini kesib o‘tuvchi qismida loyqa bosishidan himoyalash va boshqa gidravlik ko‘rsatkichlarini belgilash bo‘yicha ilmiy tavsiya ishlab chiqish” mavzularidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalari bajarilgan. Shuningdek, “Gurlan tumani “To‘ra-Mirzo” fermer xo‘jaligi tajriba dalasi hamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi” suvchilar maktabi tajriba dalalari misolida “Tomchilatib sug‘orish tizimini tuproq namligiga bog‘liq holda boshqarish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini tuproq sho‘rlanishiga ta’sirini o‘rganish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan. 

Hozirgi kunda Markazda 2025 yildan qayta tashkil etilgan “Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyasi 3 nafar xodimdan (shu jumladan 1 nafar xodim PhD ilmiy darajasiga ega) iborat ilmiy jamoa bilan faoliyatini davom ettirmoqda. 

Laboratoriyaning asosiy maqsadi Xorazm viloyatida suv xo’jaligi sohasida yuzaga kelgan muammolarni ilmiy asoslangan holda bartaraf qilish bo’yicha izlanishlar olib borish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Laboratoriyaning asosiy vazifalari

 

Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

 

Xodimlar

 1. Laboratoriya mudiri: 
PhD, katta ilmiy xodim, Durdiyev Haydar Matqurbonovich
Tel: +998 93 507 05 29
  Email:
durdiyev87@inbox.ru 

 Laborant: 
Sultonov Ibodulla
  Tel: +998 99 564 73 42

IT mutaxassis:

Sobirov Elmurod Rasul o’g’li

Tel: +998 94 317 01 39

Email: elmurod.sobirov98@gmail.com 



10-04-2026, 15:49
Sahifaga qaytish