Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik 

ISMITI huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi (Markaz) tomonidan 2026 yil mart oyida “Annexure Financial Solutions Ltd.” hamda “Temelsu International Engineering Services Inc.” xalqaro konsultant kompaniyalari bilan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik memorandumlari imzolandi. 

 


 

“Annexure Financial Solutions Ltd.” bosh ofisi Gonkongda joylashgan bo‘lib, konsalting va muhandislik sohalarida faoliyat yuritadigan xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, energetika va transport kabi strategik sohalardagi yirik loyihalarga ixtisoslashgan. Kompaniyaning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, 2017–2018 yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya shu kunga qadar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (ADB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. 

 

“Temelsu International Engineering Services Inc.” 1969-yilda Turkiyada tashkil etilgan, muhandislik va konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi yirik xalqaro kompaniyadir. U dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya loyihalarni rejalashtirishdan tortib, ularning qurilishini nazorat qilishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda xizmat ko‘rsatadi.

Jumladan, 

Suv va yer resurslari: To‘g‘onlar, GESlar, sug‘orish va drenaj tizimlari.

Transport: Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va tunnellar qurilishini loyihalashtirish va nazorat qilish.

Ekologiya va suv ta’minoti: Ichimlik suvi ta’minoti, oqova suvlarni tozalash va chiqindilarni boshqarish tizimlari.

Energetika: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va quvur o‘tkazgichlar.

 

 

Ushbu, Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali tomonlarning o‘zaro kelishuviga asoslanib, Markaz faoliyatidan kelib chiqqan holda suv xo‘jaligi sohasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

  1. suv xo‘jaligi hamda qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va ishchi xodimlarini malaka va ko‘nikmalarini oshirishda hamkorlik qilish;
  2. suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish uchun xizmat qiladigan innovatsion yechimlar ishlab chiqish;
  3. irrigatsiya tizimlaridan samarali foydalanish ya’ni sug‘orish tarmoqlaridagi suv isrofini kamaytirish borasida ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash;
  4. yerlarning meliorativ holatini baholash hamda samaradorligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar ishlab chiqish;
  5. suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarda o‘zaro hamkorlik qilish.
Вчера, 19:34
Sahifaga qaytish