Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi va Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB Yangiariq tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan Yangiariq tumanining “Ozyorniy” kollektori orqali sug‘oriladigan qismida tarqalgan qumloq tuproqlar uchun maqbul ekin turini tanlash va qishloq ho‘jaligida foydalanish mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
![]() |
Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yangiariq tumanining “Ozyorniy” kollektori xududida kanal suvlari yetib bormasdan foydalanilmay turgan yerlarda kollektor suvlaridan foydalangan holda maqbul qishloq ho‘jaligi ekin turini tanlash va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.
![]() | ![]() |
Hozirgi kungacha Xorazm mintaqaviy markazi “Yerlarning meliorativ holatini baholash, samaradorligini oshirish texnika va texnologiyalari” laboratoriyasi mudiri PhD U.Sharipov rahbarligida Yangiariq tumanining “Ozyorniy” kollektori xududidan tajriba maydoni tanlanib, kalendar reja asosida tajriba maydoni tuproqlaridan namunalar olinib sho‘rga va suvsizlikka chidamli ekin turlari ekildi. Shuningdek, tajriba maydonida zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, o‘g‘itlash, fenologik kuzatuvlar va sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda. Yer osti sizot suvlari sathini doimiy tarzda kuzatib borish uchun kuzatuv qudug‘i o‘rnatilgan bo‘lib, har xafta o‘lchov ishlari bajarilib sug‘orish va yer osti suvlaridan namunalar olinib laboratoriya taxlillari amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot yakunida mazkur hudud tuproq sharoiti uchun mos keladigan, kollektor suvlaridan foydalangan holda iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan qishloq ho‘jaligi va chorvachilikda foydalanish mumkin bo‘lgan ekin turlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqiladigan ilmiy tavsiyalar viloyatning boshqa tuproq iqlim sharoiti o‘hshash bo‘lgan kollektor va zovur suvlaridan foydalanib dehqonchilik qiladigan fermer xo‘jaliklari uchun ilmiy amaliy tavsiya sifatida qo‘llash mumkin bo‘ladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |






