Seminar ishida olimlar tomonidan sug‘orishni o‘g‘itlash bilan birga boshqarishning ahamiyati to‘g‘risida ilmiy tavsiyalar berildi

2026 yil 15 may kuni Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti xuzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi (Markaz) tomonidan Yangiarik tumanidagi "Zarbdor Tagan" fermer xo‘jaligida “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘g‘itlashda tuprok unumdorligi kursatkichlarining axamiyati mavzusida dala amaliy seminari tashkil etildi. 

 

 

Joriy yilda mazkur fermer xo‘jaligida jami 28 gektar maydonda Shinjon usulida paxta ekilib, tomchilatib sug‘orish tizimi (TST) joriy etildi. Shundan alohida konturda 4,6 ga maydon fermer xo‘jaligi rahbari bilan kelishgan holda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan tajriba uchastkasi sifatida tanlandi.

Mazkur dalada tashkil etilgan seminarda ishtirok etgan tuman fermer xo‘jaliklari raxbarlariga hamda suv xo‘jaligi tashkilotlari mutaassislariga Markaz “Yerlarning meliorativ holatini baholash, samaradorligini oshirish texnika va texnologiyalari”  laboratoriyasi mudiri U.Sharipov va ilmiy xodim R.Xo‘janiyazovlar tomonidan TST orqali o‘g‘itlash jarayoni amalda namoyish etildi. Shu bilan birga, TST va odatiy egat olib sug‘orishda dastlab tuprok unumdorligi kursatkichlarini aniqlab, keyin o‘g‘itlashni tashkil etishning ahamiyatlari va tuproq namligi, sho‘rlanish darajalarini konduktometrlar yordamida nazorat qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Irrigatsiya tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalar” laboratoriyasi  mudiri X.Durdiev tomonidan TST dan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan qiziqtirgan savollarga Markaz ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy yechimga ega tavsiyalar berildi.

 

 



20-05-2026, 20:16
Ko'rishlar: 37
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”