Toshkent shahrida "Orol dengizi havzasi ma’muriy hududlarining suv xavfsizligini baholash" mavzusida seminar tashkil etildi
2026-yil 21-sentabr kuni Markaziy Osiyo Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining Ilmiy-axborot markazi (НИЦ МКВК) trening zalida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan ekspert va mutaxassislar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur tadbirda НИЦ МКВК rahbariyatining taklifiga asosan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi direktori O.Eshchanov ishtirok qildi.

Tadbir (Xalqaro iqlim tashabbusi) IKIning “Markaziy Osiyoda kam uglerodli va iqlim o‘zgarishlariga chidamli energiya, suv va yer resurslarining o‘zaro bog‘liq munosabatlarining mintaqaviy mexanizmlari” loyihasi doirasida "Orol dengizi havzasi ma’muriy hududlarining suv xavfsizligini baholash" mavzusida tashkil etilib, asosiy e’tibor Orol dengizi havzasining ma’muriy hududlarida suv xavfsizligini baholash metodologiyasi va monitoring vositalariga qaratildi.
Seminar НИЦ МКВК direktori o‘rinbosari Sh.X.Mo‘minovning kirish nutqi bilan ochildi.
IKI loyihasi va Orol dengizi havzasining ma’muriy hududlarida suv xavfsizligini baholash metodologiyasiga bag‘ishlangan birinchi sessiyada НИЦ МКВК direktori D.R. Ziganshina loyiha haqida umumiy ma’lumot berdi. Uning takidlashicha “Ma’muriy hududlarning suv xavfsizligini baholash bir martalik tadqiqot emas, balki Orol dengizi havzasi mamlakatlarida xavflar eng tez o‘sib borayotgan joylarni aniqlash va oldindan qo‘shma choralar ishlab chiqish uchun muntazam ravishda foydalanishi mumkin bo‘lgan vositadir”.
Shundan keyin Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv xo‘jaligi holati va suv xavfsizligi muhokama qilindi, unda milliy ekspertlar Qozog‘iston Respublikasidan S.R. Ibatullin, Qirg‘iziston Respublikasidan
A.Sh. Djayloobaev va onlayn rejimda Tojikiston Respublikasidan
Ya.E. Po‘latovning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Seminar kun tartibiga ko‘ra НИЦ МКВК bo‘lim boshlig‘i
Sh.M. Kenjabaev loyiha doirasida ishlab chiqilgan Orol dengizi havzasining ma’muriy hududlarida suv xavfsizligini baholash va monitoring qilish metodologiyasi yuzasidan taqdimot qildi.

Seminar ishi bo‘yicha kunning ikkinchi yarmida Orol dengizi havzasi suv xavfsizligini baholash va monitoring qilish vositalariga bag‘ishlandi. Onlayn rejimda Nargiz Shantaeva (OESR) "Xotspot" tahlili natijalarini taqdim etdi. Bundan tashqari, A.A. Ulugov Orol dengizi havzasi ma’muriy hududlarida suv xavfsizligini baholash va monitoring qilish uchun veb-sayt (platforma) ni taqdim etdi.

Taqdimotlardan keyin Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar va tadbir ishtirokchilari bilan jonli muhokama bo‘lib, unda platformadan kutilayotgan natijalar, asosiy mintaqaviy ustuvorliklar, mumkin bo‘lgan operatsion modellar, mutaxassislarni jalb qilish mexanizmlari, mintaqaviy muvofiqlashtirish va fan, siyosat va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqliklar bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Seminar Orol dengizi havzasida suv xavfsizligini baholash bo‘yicha mintaqaviy metodologiya va amaliy vositalarni ishlab chiqish hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

