BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Trenerlarni tayyorlash uchun trening tashkil etildi.

FAO ning “O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va yerni qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi” (FOLUR) loyihasi doirasida “Trenerlarni tayyorlash va Fermer Dala Maktablari dasturi rejasi bo‘yicha Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazi (Markaz) binosida seminar trening o‘tkazildi.

 

 

 

Mazkur tadbirni FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori, viloyat hokimining ilmiy maslahatchisi B.Matyaqubov, Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB hamda Markaz ilmiy xodimlari hamkorligida tashkil etildi.

 

 

Shuningdek, trening seminarda Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB mutaxassislari, Markaz va Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar ishida FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari A.Nurbekov, I.Axadjonov, Sh.Nizomov, Sh.Xoldorovlar tomonidan tadbirga trener sifatida taklif etilgan mutaxassislar va ilmiy xodimlarga Xorazm viloyati Urganch va Yangibozor tumanlari fermer xo‘jaliklari uchun trenerlarni tayyorlash va fermer dala maktablari dasturi rejasi to‘g‘risida taqdimotlar qilindi.

 

 

 

Taqdimotlar davomida qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish, zamonaviy tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga suvni 30 foizgacha iqtisod qilish hamda ekinlar hosildorligini sezilarli darajada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi va bu borada ilg‘or tajribalar o‘rtoqlashildi.

Seminar yakunida FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari va ishtirokchilar tomonidan o‘zaro savol-javoblar hamda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga tashkilotchilar tomonidan ro‘yhatga olingan mutaxassislar ishtirokida onlayn rejimda reja asosida 3 marta qo‘shimcha treninglar o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi. Dastur yakunida treninglarda qatnashgan ishtirokchilarga FAO tomonidan xalqaro darajadagi sertifikatlar berilishi ta’kidlab o‘tildi.


25-09-2026, 10:05
Ko'rishlar: 210
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”