2026 yil 29 aprel kuni ISMITI Xorazm mintaqaviy markazi (Markaz) tomonidan Hazorasp tumanida fermer xo‘jaliklari suv olish joylarida suv hisobini yuritish uchun gidropost qurish va uni raqamlashtirish mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
|
|
Hazorasp tumanidagi G‘ofur Ruxiya fermer xo‘jaligida 2025 yilda Markaz tomonidan fermer xo‘jaligining suv olish joyida O‘zgarmas-o‘zan gidroposti qurilgan va raqamlashtirib berilgan edi. Ushbu inshootda Markaz va tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasi bilan birgalikda fermer xo‘jaliklari va suv xo‘jaligi soha mutaxassislari uchun amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
|
|
Seminar ishida tuman hokimi M. Abdullaev, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti professori B.Matyaqubov, Suv xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi a’zolari, viloyat va tuman suv xo‘jaligi tashkilotlari raxbar va mutaxassislari, fermer xo‘jalik raxbarlari hamda Markaz ilmiy xodimlari hamda ommaviy axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga Markaz direktori O.Eshchanov, AKT mutaxassisi E.Sultanov, gidrometr mutaxassis I.Sultanovlar tomonidan ichki xo‘jalik kanallarining suv olish joylarida suv hisobini yuritish uchun gidropost turini tanlash, qurish va uni hujjatlashtirish, hamda raqamlashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar berildi hamda fermerlarga mazkur mavzu bo‘yicha Markaz tomonidan tayyorlangan bukletlar taqdim etildi.
Bundan tashkari, fermer xo‘jaligida Xorazm tajribasi asosida nasos agregati uchun quyosh paneli qurilib ishga tushirilgan.
|
|
Shu bilan birga, G‘ofur Ruxiya fermer xo‘jaligida jami 22 ga maydonda joriy etilgan Shinjon usulida tomchilatib sug‘orish tizimi bo‘yicha seminar ishtirokchilariga tizimdan samarali foydalanish, sug‘orish va o‘g‘itlash ishlarini birgalikda tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
|
|







